Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda og‘ir ahvolga tushib qolgan ayolga uy-joy berildi

Samarqandda og‘ir ahvolga tushib qolgan ayolga uy-joy berildi

Illyustrativ foto.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakiliga Nurobod tumani Jom qishlog‘ida yashovchi fuqaro S.D. tomonidan uning uy-joyga muhtojligi haqida murojaati kelib tushdi.

Murojaat muallifi turmush o‘rtog‘i vafot etgani, o‘g‘li O‘.D. bilan hamon ota-onasining uyida yashab kelayotgani, uy-joyga muhtoj ekani sababli ko‘plab tashkilotlarga yordam berilishini so‘rab murojaat qilganligi, lekin bundan hech bir natija bo‘lmaganidan shikoyat qilgan.

Ombudsmanning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili I.To‘xtasinov Nurobod tumani hokimligi bilan hamkorlikda fuqaro S.D.ning murojaatini o‘rganib chiqdi.

O‘rganish natijasida fuqaro S.D. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12- apreldagi qaroriga muvofiq arzon uy-joy bilan ta’minlandi. Fuqaro S.D.ning 2021 yil yakuniga qadar yangi uy-joyga ko‘chib o‘tishi belgilandi.

Ma’lumot uchun: Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili Ilhomjon To‘xtasinov har haftaning seshanba kuni soat 14:00 dan 16:00 gacha fuqarolar murojaatlarini qabul qilmoqda.

Manzil: Samarqand viloyati Samarqand shahri Bo‘stonsaroy ko‘chasi 93 uy.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring