Og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan va nogiron ayollarga moddiy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan jamoat fondi ro‘yxatdan o‘tkazildi

Adliya vazirligi tomonidan Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.
Mavzuga doir:
Bolasini o‘ldirganni vahshiy deymiz... Nogiron farzandiga qaragan onaga esa ish stajini hisoblamaymiz
Mazkur tashkilotning asosiy maqsadi xotin-qizlarni va oilani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar va oilalarga, nogironligi bo‘lgan ayollarga moddiy yordam ko‘rsatish, xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslariga ko‘maklashish hisoblanadi.
Mavzuga doir:
To‘rt yildan buyon ko‘chaga chiqmagan ayol
Eslatib o‘tamiz, mazkur fondni tashkil etish O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida belgilangan edi.
Mavzuga doir:
Onasini va singlisini urayotgan o‘g‘illar... oqibatni unutmang deymiz?!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter