Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ohangaronga yangi hokim tayinlandi

Ohangaronga yangi hokim tayinlandi

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Doniyor Madirimov Ohangaron tumani hokimi etib tayinlandi.

Madirimov Doniyor Mamatsaliyevich 1979-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 1999-yili O‘zbekiston Milliy universiteti, 2019-yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. 

D.Madirimov faoliyati davomida Toshkent shahar Statistika boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasida bo‘lim boshlig‘i, Shayxontohur tumani hokimining o‘rinbosari, Toshkent viloyati tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo iqtisodiy boshqarmasi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi boshqarma boshlig‘i singari mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar Toshkent viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, tumanning avvalgi hokimi Erkin Muhiddinov Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring