Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oktyabr oyida pomidor va bodring narxlari o‘rtacha 60 foizga oshgan

Oktyabr oyida pomidor va bodring narxlari o‘rtacha 60 foizga oshgan

2025 yilning oktyabr oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,6 foizga oshgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yillik iste’mol narxlari indeksi (INI) 107,8 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu oyiga (2024 yil oktyabr — 110,2 foiz) nisbatan 2,5 foiz bandga pasaydi.

Oktyabr  oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 0,9 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0,4 foizga hamda aholiga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar esa 0,3 foizga qimmatlashgani kuzatilgan.

Asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan – pomidor (61 foiz), bodring (58,2 foiz), baqlajon (11,3 foiz), bulg‘or qalampiri (10,6 foiz), tarvuz (7,0 foiz), qovun (4,6 foiz), mandarin (4,2 foiz), tovuq tuxumi (4,1 foiz), uzum (3,6 foiz), banan (2,3 foiz), mol go‘shti (suyaksiz go‘shtdan tashqari) (1,7 foiz), quy go‘shti (1,6 foiz), paxta moyi (1 foiz), kungaboqar moyi (0,7 foiz) hamda birinchi navli bug‘doy uni (0,4 foiz) narxlarining oshishi inflyasiyaga asosiy ta’sir ko‘rsatdi.

Shuningdek, nooziq-ovqat mahsulotlar narxlaridan qimmatbaho metallardan yasalgan nikoh uzuklari (5,2 foiz), propan (3,3 foiz), benzin (1,5 foiz) va sement (1,2 foiz) narxlarida o‘sish kuzatildi.

Hisob-kitoblar uchun 10 mingdan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarida 195 mingga yaqin narxlar qayd etilgan. 420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.

Manba: t.me

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring