Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olim har yuz yilda sodir bo‘ladigan Quyosh bo‘ronidan ogohlantirdi

Olim har yuz yilda sodir bo‘ladigan Quyosh bo‘ronidan ogohlantirdi

Kuchli zarbaga ega Quyosh bo‘roni Yerga ta’sir qilishi mumkin, ammo uning ehtimoli har 100 yilda bir marta bo‘ladi, deydi Rossiya amaliy geofizika instituti direktori o‘rinbosari Vadim Kolomin.

Global oqibatlarga olib keladigan quyosh chaqnashlari faqat bir marta - 1859 yilda sodir bo‘lgan, deydi geofizik. 

«Biz shuni bilishimiz kerakki, quyosh bo‘ronining oqibatlari juda yomon bo‘lishi mumkin», deb ogohlantirdi olim. «Biz elektr energiyasi, poyezdlar, samolyotlar, sun’iy yo‘ldoshlarga ega bo‘lishga odatlanganmiz, ammo hamma narsa bir soniyada tugashi mumkin».

Bunday hodisalarga bog‘liq bo‘lgan yirik korporatsiyalar ularning oqibatlariga tayyor emas, deb ogohlantirdi Kolomin. Uning ta’kidlashicha, Quyoshga hech qanday ta’sir ko‘rsatishning iloji bo‘lmasa-da, Rossiyada quyosh bo‘ronlarini zamonaviy monitoring tizimlari yordamida o‘rganish mumkin. Bugungi kunda bu muammo davlat darajasida, jumladan, maxsus dasturlar orqali hal qilinmoqda, deya qo‘shimcha qildi Kolomin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring