Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar 40 yildan so‘ng odamzodni kutayotgan balodan ogohlantirdi

Olimlar 40 yildan so‘ng odamzodni kutayotgan balodan ogohlantirdi

Foto: «Shutterstock/FOTODOM»

Buyuk Britaniya va Daniya olimlarining fikricha, yaqin kelajakda insoniyat fosfor yetishmovchiligiga duchor bo‘lishi mumkin. Bunga mineral o‘g‘itlardan oqilona foydalanmaslik natijasida ularning okeanlarga yuvilib ketishi sabab bo‘ladi. O‘z navbatida fosfor yetishmasligi odamzodni ochlik balosiga giriftor qiladi. Negaki, mazkur element aksariyat o‘g‘itlarni ishlab chiqarishda ishlatiladi, ularsiz qishloq xo‘jaligi ekinlari o‘smaydi, deb yozadi «Populyarnaya mexanika» jurnali.

So‘nggi 50 yil ichida fosfor o‘g‘itlari miqdori 50 baravar oshdi. Bunday vaziyatda ularga bo‘lgan talab 2050-yilga kelib ikki baravar ko‘payadi. Nazariy modellarga ko‘ra, zamonaviy iste’mol darajasida mavjud bo‘lgan fosfor 80 yil ichida yo‘q bo‘lib ketishi mumkin, bu esa hosil yetishmasligiga olib keladi. Konservativ hisob-kitoblarga qaraganda, bu 400 yil, pessimistik prognozlarga ko‘ra esa 40 yildan so‘ng sodir bo‘ladi. Olimlarning fikricha, fosfordan foydalanishni kamaytirish orqali fosfor inqirozining oldini olish mumkin. Shuningdek, qayta foydalanish usullari ham ishlab chiqilishi zarur.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring