Olimlar tez semirib ketishga sabab bo‘ladigan xavfli odatdan ogohlantirdi
Venesuela olimlari o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, kuniga 5 soatdan ko‘p smartfonlardan foydalanish semirish xavfini 43 foizga oshirishi mumkin.
Agar bu holat «kompyuter+smartfon» kombinatsiyasi asosida, turli virtual o‘yinlar o‘ynash tarzida kechsa, zarar ko‘lami yanada ortadi.
Qolaversa, bir joyda o‘tirgan yoki yotgan holatda uzoq vaqt ekrandan ko‘z uzmaslik nafaqat ortiqcha vazn, balki ko‘rish qobiliyati zaiflashishiga ham sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari, gadjetlardan me’yoridan ko‘p foydalangan kishilar odatda sog‘lom va o‘z vaqtida ovqatlanish tartibiga ham to‘liq amal qilishmaydi.
Bu holat organizmda boshqa qator xavfli kasalliklar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter