Oliy Majlis “Shovqindan himoya qilish” haqidagi qonunni ko‘rib chiqmoqda

Yangi qonunda aholi osoyishtaligini buzish mumkin bo‘lmagan vaqt 8 soatgacha, bayram kunlari esa 11 soatgacha uzaytirish nazarda tutilgan.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi. Majlisda “Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.
Yangi qonun loyihasida fuqarolarning osoyishtaligini buzishga yo‘l qo‘yilmaydigan vaqtlar oralig‘i amaldagi 7soatdan 8 soatgacha (23:00—07:00), bayram kunlari esa soat 22:00 dan 09:00 gacha uzaytirish taklif etilmoqda.
Ushbu vaqt oralig‘ida fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralari kuchaytirilyapti.
Belgilangan me’yordan ortiq shovqinga yo‘l qo‘yayotgan ob’yektlar faoliyatini to‘xtatib turish, shovqin ta’siri natijasida yetkazilgan zarar uchun sud tartibida kompensatsiya undirish bo‘yicha normalar kiritilmoqda.
Shuningdek, aholi istiqomat qiladigan ko‘p kvartirali uylarda shovqining yo‘l qo‘yiladigan darajasidan oshadigan manbalardan foydalanib qurilish va ta’mirlash ishlarini faqat ish kunlari soat 09:00 dan 18:00gacha amalga oshirish mumkinligi belgilab qo‘yilmoqda.
Undan tashqari, shovqini darajasi belgilangan me’yordan yuqori bo‘lgan mehnat bilan shug‘ullanuvchi xodimlarning maoshini oshirish ham qonunda mustahkamlanib qo‘yilmoqda.
Shovqin darajasi normadan ortiq bo‘lgan transport vositalarini boshqarish uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter