Olmaliqda telefon tuzatuvchi usta mijozga yangi telefon olib berdi
Olmaliq shahrida istiqomat qiluvchi N.Vohidova «NTS» rusumli mobil telefonini to‘satdan yerga tushirib yuboradi. Shundan so‘ng u telefonini ta’mirlash, ya’ni ekranni almashtirish uchun ustaga murojaat qiladi.
Telefonni qabul qilib olgan usta uni ta’mirlash o‘rniga «yo‘qolib qoladi». Bir necha oylik ovoragarchilikdan so‘ng N.Vohidova Olmaliq shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi. Jamiyat vakillarining sa’y-harakati va tushuntirish ishlaridan so‘ng telefon ustasi iste’molchiga xuddi shu rusumdagi telefon apparatini xarid qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter