Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olti oyda bojxona postlarida 2,2 mln. dollarga teng valyuta ushlandi

Olti oyda bojxona postlarida 2,2 mln. dollarga teng valyuta ushlandi

Foto: Xabar.uz

2022-yilning birinchi yarmida davlat budjetiga 21,5 trln so‘m bojxona to‘lovlari undirilgan. Tushumlar 6,4 trln so‘mga yoki 43 foizga oshdi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati rahbari v.b. Husan Tangriyev ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, bojxona imtiyozlari 23,5 trln so‘mni tashkil etib, aylanma mablag‘ sifatida 12,1 mingta xo‘jalik sub’yektlari ixtiyorida qoldirildi. Imtiyozlar 10,2 trln so‘mga yoki 77 foizga ortdi.

Tezkor tadbirlarda:

- 562,1 kg giyohvandlik vositalari, 190 ming dona kuchli ta’sir etuvchi va 2,3 ming dona psixotrop moddalar 4,7 ming dona taqiqlangan adabiyotlar ushlab qolindi.

- 8 420 ta holatda 434 mlrd so‘mlik tovarlarning noqonuniy aylanuvi aniqlandi.

- 2,2 mln dollarga teng naqd xorijiy valyuta, 8,2 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari, 1 066 dona madaniy boyliklarning noqonuniy aylanuviga chek qo‘yildi.

- 2,2 mln dollarga teng naqd xorijiy valyuta (+9 barobar), 8,2 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari (+48 %), 1 066 dona madaniy boyliklarning (+75 %) noqonuniy aylanuviga chek qo‘yildi.

Tovarlarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazishda huquqbuzarliklarni aniqlash samaradorligi 94 foizga ortib, bojxona nazoratidan yashirilgan 146 mlrd so‘mlik tovarlar olindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring