Olti viloyat aholisi ob-havo sabab ogohlantirildi

Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, ayrim hududlarda joriy yilning 20-25-mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi kutilmoqda.
Shu sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:
- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
-Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida,
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi);
-Namangan viloyati Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘ralgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter