Oltinko‘l tumaniga yangi hokim tayinlandi

Matruziyev Iqbolbek Xasanboyevich Andijon viloyati Oltinko‘l tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Iqbolbek Matruziyev 1984-yilda Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida tug‘ilgan. 2008-yilda Andijon davlat universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2003-yili Jalaquduq tumani 50-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi ishchisi vazifasidan boshlagan.
2004-2006-yillarda Andijon viloyati Jalaquduq tumani xalq ta’limi bo‘limi markazlashgan hisobxona kompyuter operatori bo‘lgan.
2017-2018-Andijon viloyati hokimligi moliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalgi hokim Nazirjon O‘rinboyev pnevmoniya sabab vafot etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter