Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘n yildan keyin shaharda yashash qiyin bo‘lib ketadi» — Prezident

«O‘n yildan keyin shaharda yashash qiyin bo‘lib ketadi» — Prezident

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-oktyabr kuni «ToshkentboshplanLITI» davlat unitar korxonasiga borib, Toshkent shahrining 2045 yilgacha bo‘lgan Bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi.

– Toshkent – azim poytaxtimiz, mamlakatimizning eng katta shahri. Besh yilda investitsiyaga, tadbirkorlarga sharoit yaratdik, yangi uylar, zamonaviy inshootlar qurildi. Bu ham kerak. Endi kelajakni o‘ylab, strategiyani aniq belgilab olmasak, o‘n yildan keyin shaharda yashash qiyin bo‘lib ketadi. Qo‘shimcha bosimni infratuzilma ko‘tarmaydi. Endi xato qilishga haqimiz yo‘q. Xalq uchun yaratilishi kerak bo‘lgan qulayliklarni hisobga olib, loyihani 50 yil oldin to‘g‘ri qilmasak, shaharning arxitekturasi ham, iqtisodiyoti ham, ekologiyasi ham bo‘maydi, – dedi Prezident.

Bugungi kunda Toshkent shahrining hududi 43 ming gektar, aholi soni 3 millionga yaqinlashgan. Infratuzilma tarmoqlariga yuklama ortgan. Transportlar ham kun sayin ko‘payib, yo‘l harakati qiyinlashib bormoqda. Chang, tutun ekologiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Shu bois Prezidentimiz bu masalani alohida e’tiborga olib, poytaxtning me’moriy qiyofasini saqlab qolish, kelgusidagi qurilishlarni shahar tashqarisida qilish vazifasini qo‘ygan edi. Xususan, o‘tgan yili «Yangi O‘zbekiston» bog‘ining ochilish marosimida hamda toshkentlik saylovchilar bilan uchrashuvda bu borada konsepsiya tayyorlanayotgani aytilgan edi.

Poytaxtimiz kelajagi bilan bog‘liq bo‘lgani uchun bu masalaga jiddiy va puxta yondashildi. «ToshkentboshplanLITI» korxonasida chet ellik va mahalliy loyihachilar ikki yil davomida ishlashdi. Aholining o‘sishi, transport va muhandislik tarmoqlari, iqlim o‘zgarishlari tahlil qilinib, shu asosida transport tugunlari va aholi punktlarini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring