Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ona-bola ayiqlar tirik ekani ma’lum qilindi

Ona-bola ayiqlar tirik ekani ma’lum qilindi

Qashqadaryoning Dehqonobod tumanida aniqlangan ona ayiq va uning ikki bolasi tirik ekani ma’lum qilindi. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot kotibi Bunyod Abdullayev xabar berdi.

Qayd etilishicha, 26 aprel kuni tarqalgan ayiq bolasi o‘ldirilgani haqidagi xabar o‘rganilganda, ikkita boshqa-boshqa holat ekanligi aniqlangan.

«Birinchi holat «Terakli» MFY hududida aniqlangan bo‘lib, ayiq bolasi o‘ldirilgan holatga umuman aloqasi yo‘q. Hozirda ona ayiq va uning ikki bolasi tirik ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ayiq va uning bolalarini suratga olgan shaxs «Terakli» MFY yashovchi 22 yoshli Arslon Bo‘ronov ekanligi aniqlandi. U ona ayiq va uning bolalarini 22 aprel kuni kechki payt suratga olgan.

Ikkinchi ayiq jasadi topilgan holat esa Dehqonobod Davlat o‘rmon xo‘jaligining Qizilsoy o‘rmon bo‘limida 5 aprel kuni sodir etilganligi aniqlandi», — deb yozgan Bunyod Abdullayev.

Eslatib o‘tamiz, o‘ldirilgan ayiq bolasi bilan bog‘liq holat hozirda o‘rganilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring