Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi mablag‘ini maqsadsiz sarflagan direktor ishdan bo‘shatildi

«O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi mablag‘ini maqsadsiz sarflagan direktor ishdan bo‘shatildi

Foto: «xs.uz»

Kecha, 17 aprel kuni «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi direktori Sirojiddin Xusnitdinov o‘z lavozimidan ozod etildi. Ushbu korxonadagi ishonchli manbalarning so‘zlariga ko‘ra, S .Xusnitdinovning ishdan olinishiga asosiy sabablardan biri ushbu tashkilot moliyaviy mablag‘lari maqsadsiz sarflanganligi bo‘lgan.

«O‘qituvchi» matbaa korxonasi yirik davlat bosmaxonasi hisoblanib, aytishlaricha, uzoq yillardan beri iqtisodiy ahvoli tang bo‘lib kelgan. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligining yangi rahbariyati sohadagi muammolarni bartaraf qilish va sog‘lom muhitni yaratish maqsadida tizimda tozalash ishlarini boshlagan ko‘rinadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu korxonaning sobiq rahbari R. Xudoykulov davrida ham 8 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ talon-taroj qilinib, o‘zlashtirib yuborilgan (Darvoqe, u yuqori doiradagi amaldorlardan biriga qarindosh ekanligi aytiladi). Ushbu holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishi doirasida asosiy figurant bo‘lgan bosh hisobchi N. Sunnatov, turli manbalarga ko‘ra, sudlovdan qochib, yashiringan. Faqatgina buxgalteriyaning oddiy bir xodimi javobgarlikka tortilgan. Uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatmalariga qaramay matbaa korxonasi rahbariyati javobgarlikka tortilmagan, ishlashda davom etgan. S. Xusnitdinov o‘sha paytlar direktor o‘rinbosari bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring