Qoraqalpog‘iston axborot agentligi Orol dengizining suvlari Kaspiyga oqib ketganini isbotlamoqchi
Shu yilning 14-mart kuni Nukus shahridagi Yoshlar markazida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan Yoshlar press klubining 3-sessiyasida Qoraqalpog‘iston axborot agentligi direktori Yesimxon Qanaatov ishtirok etdi. Bu haqda «Karinform.uz» xabar bermoqda.
Yesimxon Qanaatovning aytishicha, agentlik tashabbusi bilan yaqin kunlarda Orol dengiziga yana bir marta mediatur tashkil etish maqsadida. Mazkur mediatur davomida Orol dengizi suvlarining Kaspiyga oqib ketganligini isbotlash asosiy maqsad qilib belgilangan.
— Xalqimiz orasida «Orolning balig‘i Kaspiydan topilibdi» degan gap yuradi. Bu bekorga aytilmagan. Aslida Orol avvallari ham Kaspiyga oqib turgan. Dengiz suvining Kaspiyga oqqanligini isbotlovchi katta suv yo‘li mavjud. Biz buning haqiqatligini mediaturda isbotlamoqchimiz, — deydi Ye.Qanaatov.
Ma’lumot o‘rnida shuni aytish mumkin, Ye.Qanaatov rahbarligidagi Qoraqalpog‘iston axborot agentligi avval 2 marta Orol dengiziga mediatur tashkil etgan va unda fanga noma’lum bo‘lgan ma’lumotlar to‘plangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter