Ota-onasi mehnat migratsiyasida bo‘lgan bolalarga pandemiya qanday ta’sir qildi?
YuNISEF va Bola huquqlari bo‘yicha vakil tashabbusi bilan «O‘zbekistonda migratsiya ta’siridan jabrlangan bolalarga COVID-19ning bolalar huquqlariga ta’sirini baholash» tadqiqoti amalga oshirildi. Ushbu Bola huquqlariga ta’sirni baholash (BHTB) Bolalar ombudsmani boshchiligida Bola huquqlari bo‘yicha mas’ul bo‘lgan Yevropa tarmog‘i (BHMET) tomonidan tayyorlangan Umumiy asosiy konsepsiyani va BHTBni moslashtirish bo‘yicha milliy maslahatchini jalb qilgan holda, migratsiya ta’siridan jabrlangan bolalarning hayoti va salomatligini himoya qilish, ularning ushbu huquqlariga bo‘lgan ta’sirini o‘rganish uchun pandemiyaning dastlabki bosqichlarida ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlar, hukumat tomonidan qabul qilingan qonunlar, siyosatlar, budjet qarorlari, COVID-19 bilan bog‘liq dasturlar va xizmatlarni ko‘rib chiqish uchun o‘tkazildi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 29-noyabr kuni mazkur «O‘zbekiston Respublikasida migratsiyadan jabr ko‘rgan bolalarga COVID-19ning bola huquqlariga ta’sirini baholash» tadqiqoti asosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqish bo‘yicha ekspert guruhi a’zolari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda qayd etilishicha, umumiy hisobotda COVID-19 pandemiyasi tufayli tatbiq etilgan karantin cheklovlarining ota-onasi mehnat migratsiyasida bo‘lgan bolalarga qanday ta’sir qilganligi tahlil qilingan. Hisobotda mazkur vaziyatning umumlashtirilgan tahlili keltirilgan bo‘lib, hukumat va mas’ul tashkilotlar uchun kelajakda shunga o‘xshash vaziyatlarda bolalar duch kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarning oldini olish yoki yengillashtirish bo‘yicha siyosatni ishlab chiqishda tavsiyalar berilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter