Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek harbiylari o‘ta murakkab sharoitlarda jangovar mashg‘ulotlar o‘tkazdi (foto)

O‘zbek harbiylari o‘ta murakkab sharoitlarda jangovar mashg‘ulotlar o‘tkazdi (foto)

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugiga qarashli «Pachkamar» dala-o‘quv maydonida navbatdagi amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mashg‘ulot avvalida harbiy xizmatchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligini yana bir  bor sinovdan o‘tkazish maqsadida maxsus to‘siqli yo‘lagidan o‘tishdi. Turli-tuman to‘siqlardan iborat yo‘lakni mahorat bilan o‘tgan harbiy xizmatchilar so‘ng otish mashg‘ulotlariga yo‘l oldi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘tochar qurollardan o‘q otish mashg‘ulotlarida alohida va guruh tarkibida amaliy mashqlarni bajarish chog‘ida ishtirokchilarning egallagan tajriba va ko‘nikmalari to‘laqonli namoyon bo‘ldi.

«Merganlarga qo‘yilgan talab eng avvalo ko‘zga tashlanmaslik, tovush chiqarmaslik, dushmanni istalgan masofa va holatda bexato nishonga olishdir. O‘tkazilgan mashg‘ulotlarda ham asosiy e’tibor harbiy xizmatchilarning jangovar ruhini yuksaltirishga qaratildi», – deydi «Sodiq xizmatlari uchun» medali sohibi podpolkovnik Sherzod Madrahimov.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring