Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi o‘tkazish punktlaridan biri yopiladi

O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi o‘tkazish punktlaridan biri yopiladi

«Do‘stlik» chegara bojxona posti orqali fuqarolar va transport vositalari xarakati vaqtincha to‘xtatiladi.

Bu haqda Andijon viloyati hokimligi xabar berdi. 

Qirg‘iziston Respublikasining «Dostuk» chegara o‘tkazish punktida qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

Shu sababli 2022-yilning 10-avgust kuni soat 08:00 dan 12:00 ga qadar «Do‘stlik» chegara bojxona posti orqali fuqarolar va transport vositalari xarakati vaqtincha to‘xtatiladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring