O‘zbek qorako‘l terisini Turkiyada noqonuniy pullamoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi
Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari Istanbul shahriga otlangan fuqaro M.R.ning qo‘l yuklarini bojxona ko‘rigidan o‘tkazish chog‘ida qonunbuzarlik holatini fosh etishdi.
O‘zbekiston davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu shaxs garchi «qizil yo‘lak» orqali harakatlangan bo‘lsa-da, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilinmagan 45 dona qorako‘l terilarini qo‘l yuklari orasiga yashirgancha mamlakatimizdan noqonuniy tarzda olib chiqib ketishga uringan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter