Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yubordi

O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yubordi

O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili I.Irgashev va Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolov Afg‘onistonning Hayraton shahrida «Tolibon» harakati vakillari bilan uchrashdi.

U yerda Afg‘oniston xalqiga insonparvarlik yordami topshirilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Insonparvarlik yordami turli oziq-ovqat mahsulotlari, birlamchi zarur tovarlar, dori-darmonlar, kiyim-kechak va poyafzallardan iborat.

Afg‘oniston muvaqqat hukumati rasmiy vakili Z.Mujohid butun afg‘on xalqi nomidan Shavkat Mirziyoyevga bugungi sinovli davrda qo‘llab-quvvatlashi va birdamligi uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring