O‘zbekiston aholisining 56 foizi mehnatga layoqatli — statistika

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berishicha, 2025-yilning 1-aprel holatiga, O‘zbekiston doimiy aholisi soni 37 697,8 ming kishini tashkil etdi. Shundan 56 foizi yoki 21,1 mln kishi mehnatga layoqatli sanaladi.
Doimiy aholi sonining yosh guruhlari bo‘yicha tarkibi quyidagicha:
- mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar — 12,1 mln kishi (32,1 foiz);
- mehnatga layoqatli yoshdagilar — 21,1 mln kishi (56 foiz);
- mehnatga layoqatli yoshdan kattalar — 4,5 mln kishi (11,9 foiz).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter