O‘zbekiston bosh davlat mehnat inspektori tayinlandi
Abdukarimov Abdusamat Abdusalom o‘g‘li Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
A.Abdukarimov 1993 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2018 yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. Tayinlovga qadar mazkur vazirlikning Yuridik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Inspeksiya boshlig‘i bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi bosh davlat mehnat inspektori hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter