O‘zbekiston FIFA reytingida bir pog‘ona ko‘tarildi
O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida bir pog‘ona yuqoriladi.
Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlaridan so‘ng FIFA terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bir pog‘ona yuqoriladi va 1416,61 ochko bilan 59-o‘rinni egalladi.
Milliy terma jamoamiz hisobiga o‘rtoqlik uchrashuvlari doirasida umumiy 6,88 ochko qo‘shildi:
Eron terma jamoasiga qarshi g‘alaba -- +6,83 ochko
Suriya terma jamoasiga qarshi g‘alaba -- +3,75 ochko
Koreya Respublikasi terma jamoasiga qarshi mag‘lubiyat -- -3,70 ochko.
FIFA reytingini Ispaniya boshqarib bormoqda. Keyingi o‘rinlarda Argentina, Fransiya va Angliya joylashgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter