Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston fuqarolari Ukraina-Polsha davlat chegarasini mustaqil ravishda kesib o‘ta oladimi?

O‘zbekiston fuqarolari Ukraina-Polsha davlat chegarasini mustaqil ravishda kesib o‘ta oladimi?

Foto: «Ukrinform»

Ukraina hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari Ukraina-Polsha davlat chegarasini mustaqil ravishda kesib o‘ta oladimi?

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusup Kabuljanovning ma’lum qilishicha, Ukraina hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari 2022-yilning 15-martigacha Ukraina-Polsha chegarasini mustaqil ravishda, yakka tartibda, vizasiz kesib o‘tishlari mumkin.

Uning aytishicha, O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi Katovitse aeroporti va to‘planish nuqtasidagi vaziyatni to‘liq nazoratga olgan. Diplomatik vakolatxona fuqarolarimizni chegaradan aeroportgacha (340 km. masofa) yetkazib beruvchi avtobuslarni ijaraga oldi. Bundan tashqari, ayniqsa, onalar va bolalar uchun issiq ovqat, dam olish joylari, tibbiy xizmat ko‘rsatish tashkil etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring