Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Markaziy Osiyoning eng tinchliksevar davlati deb topildi

O‘zbekiston Markaziy Osiyoning eng tinchliksevar davlati deb topildi

Foto: Xabar.uz

Global Peace Index 2022 reytingida O‘zbekiston 7 pog‘onaga yuqorilab, 163 davlat orasida 86-o‘rinni egalladi.

Hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston «Rossiya va Yevroosiyo» guruhida eng katta yaxshilanishni ko‘rsatdi – 1,5 foiz.

Qo‘shni mamlakatlar orasida Qozog‘iston 97-o‘rinda (-29), Qirg‘iziston 91-o‘rinda (-21), Tojikiston 92-o‘rinda (+6), Turkmaniston 104-o‘rinda (+5) joylashgan.

Rossiya ro‘yxatda 160-pog‘onani qayd etdi. Ukraina esa 153-o‘rinni egalladi. 

Eng tinchliksevar davlatlar deb Islandiya, Yangi Zelandiya va Irlandiya topildi. Indeksi eng past bo‘lib turgan mamlakatlar: Afg‘oniston, Yaman, Suriya, Rossiya va Janubiy Sudan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring