O‘zbekiston MDH davlatlarining Yoshlar kengashiga a’zo bo‘lishi mumkin

Rossiya O‘zbekistonga MDH davlatlarining yoshlar ishlari bo‘yicha Kengashi a’zosi bo‘lishini taklif qilmoqda. Bu haqda «Sputnik» nashri xabar berdi.
Ushbu tashabbusni Yoshlar siyosati va xalqaro munosabatlar instituti direktori o‘rinbosari, MDH yoshlar tashkilotining vakili Dmitriy Bunkin II O‘zbekiston-Rossiya yoshlar forumi doirasida aytib o‘tdi.
Uning aytishicha, ayni vaqtda O‘zbekiston Kengash a’zosi emas. Biroq agar Kengash tegishli qarorlar qabul qilsa, O‘zbekiston shu yilning o‘zidayoq unga a’zo bo‘lishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter