Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» kompaniyasiga yangi rais tayinlandi

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» kompaniyasiga yangi rais tayinlandi

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJni shu kunga qadar boshqarib kelgan Isakulov Dadajon Aynakulovich Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (O‘zenergoinspeksiya) boshlig‘i etib tayinlandi.

Shu munosabat bilan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJga yangi rais tayinlandi.

Unga ko‘ra, shu kunga qadar kompaniya boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Nazirov Abdumalik Abdusalimovich kompaniya boshqaruvi raisi etib tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring