O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi kaltaklangan o‘zbekistonlik fuqaroga yordam bermoqda

«Rossiya 24» telekanali, «Komsomolskaya pravda» gazetasi va boshqa bir qator ommaviy axborot vositalari tomonidan O‘zbekistonning 78 yoshli fuqarosi Nella Stepanovna Chevtayeva to‘g‘risida ma’lumot tarqatilgan edi. U Belarusda o‘z o‘g‘li bilan doimiy yashash uchun 16 dekabr kuni «Domodedovo» aeroportiga uchib kelgandi.
Matbuot tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, N.Chevtayeva Moskva viloyatining Domodedova shahrida kaltaklash izlari bilan og‘ir ahvolda volontyorlar tomonidan topilgan.
25 dekabr kuni Moskva shahridagi O‘zbekiston elchixonasi konsullik bo‘limiga jabrlanuvchining nabirasi murojaat qildi va unga shaxsni tasdiqlash tartibi tushuntirilib, to‘ldirish uchun anketalar berildi.
Lekin u buvisi haqidagi ma’lumotlarga ega emasligini bildirib, hujjatlarni olib ketgan va konsullik bo‘limiga boshqa murojaat etmagan. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.
Hozirgi vaqtda elchixonaning konsullik bo‘limi xodimi jabrlanuvchiga yordam berish va shaxsni tasdiqlovchi hujjat masalasini hal qilish uchun N.Chevtayeva joylashgan joyga yetib bordi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter