Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston muftiysi nufuzli kengash a’zoligiga qabul qilindi

O‘zbekiston muftiysi nufuzli kengash a’zoligiga qabul qilindi

O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi, muftiy nufuzli kengash a’zoligiga qabul qilindi. 

23-aprel kuni Saudiya Arabistoni poytaxtida eng nufuzli tashkilot hisoblangan Islom olami uyushmasi Oliy Kengashning 46-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar Islom olami uyushmasi Oliy Kengashi a’zoligiga qabul qilinganlari to‘g‘risida ushbu yig‘ilishda qaror qilindi. Ushbu a’zolik Muftiy hazratlari faoliyatlari davomidagi to‘rtinchi yirik tashkilotga a’zo bo‘lishlaridir. Bular – Xalqaro musulmon ulamolari kengashi (Qatar), Musulmon donishmandlar kengashi (BAA), Islomiy fiqh akademiyasi (Saudiya Arabistoni) va Islom olami uyushmasi Oliy Kengashi (Saudiya Arabistoni) kabilardir.

Riyoz shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro anjumanda Saudiya Arabistoni, Misr Arab Respublikasi, Birlashgan Arab Amirligi, Kuvayt, Qatar, Turkiya, Malayziya, Indoneziya kabi davlatlardan kelgan vazirlar, taniqli ulamolar, mashhur muftiylar, professor-olimlar, davlat va din arboblari hamda xalqaro islomiy tashkilotlar yetakchilari ishtirok etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring