Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston pasportini olganlar soni 203 nafarga ko‘paydi

O‘zbekiston pasportini olganlar soni 203 nafarga ko‘paydi

Farg‘ona viloyati So‘x tumanida 2016 yil sentyabrdan hozirga qadar fuqaroligi bo‘lmagan 203 nafar shaxs O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan.

«30 yil avval Qirg‘izistondan kelin bo‘lib tushganman. Shu kungacha «fuqaroligi yo‘q shaxs» maqomida edim. Ayni Ramazon hayiti kunlarida qo‘limga O‘zbekiston fuqarolik pasportini olishim menga cheksiz baxt va quvonch bag‘ishladi», degan Zangat mahallasida yashovchi Marhamatxon Sharipova.

Tumanda hozirda fuqaroligi bo‘lmagan 26 nafar shaxs qolgan bo‘lib, ularga ham joriy yil yakuniga qadar fuqarolik pasporti topshirilishi aytilgan.

O‘zbekistonda 1992 yildan 2007 yilga qadar fuqarolik olgan shaxslar soni 480 nafarni tashkil qilgan. 2007 yildan 2016 yilgacha esa birorta shaxs O‘zbekiston fuqaroligini ololmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring