O‘zbekiston Sudyalari Assotsiatsiyasi raisi taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «U.Mingbayevga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvonini berish to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, davlat organlaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, yurtimizda sud-huquq tizimini rivojlantirish, sohada islohotlarni chuqurlashtirish, jamiyatda qonuniylikni ta’minlash, adolatni qaror toptirish orqali inson qadr-qimmatini ulug‘lash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qo‘shgan munosib hissasi, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi ibratli faoliyati, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki hamda tavalludining 90 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Sudyalari Assotsiatsiyasi raisi Mingbayev Ubaydulla Kurbanovichga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter