«O‘zbekiston temir yo‘llari» rahbariyatida tayinlovlar amalga oshirildi

Hukumatning tegishli qaroriga muvofiq Narzullayev Zufar G‘iyasovich – «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruv raisi lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, Raxmetov Xikmatulla Narzullayevich – «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruvi raisining transformatsiya, raqamlashtirish va moliya bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga;
Xasilov Xusnutdin Nuriddinovich – «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ bosh muhandisi lavozimiga;
Kamildjanov Abdumalik Abduvaxitovich – «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruvi raisining tashishlar va logistika bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga;
Rizayev Elyor Abdumalikovich – «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruvi raisining temir yo‘l ob’yektlarini ta’mirlash va qurish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlariga tasdiqlandilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas