O‘zbekiston TIV vakili Permdagi otishma yuzasidan bayonot berdi

Permdagi universitetda o‘smir otishma sodir etishi oqibatida sakkiz kishi o‘lgani va 24 kishi yaralangani xabar berilgandi.
O‘zbekiston TIV rasmiy vakili hodisa yuzasidan bayonot bilan chiqdi.
«Shuni ma’lum qilamanki, Perm davlat milliy tadqiqot universitetida ro‘y bergan otishmada jarohatlangan va halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagan.
Vaziyat O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan nazoratga olingan»— deyiladi bayonotda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter