O‘zbekiston va Tojikiston farmatsevtika sohasida hamkorlikni kengaytiradi
O‘zbekiston–Tojikiston farmatsevtika biznes-forumi doirasida Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Tojikiston delegatsiyasi bilan uchrashdi.
Forumda ikki mamlakat farmatsevtika sanoatining bugungi holati va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, dori vositalari va tibbiy jihozlarni mahalliylashtirish, eksportni oshirish, ishlab chiqarish kooperatsiyasi hamda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tojikiston delegatsiyasi «BioPharma City» farmatsevtika klasteridagi loyihalar va ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishdi. Shuningdek, mahalliy va tojikistonlik kompaniyalar o‘rtasida B2B uchrashuvlar o‘tkazildi.
Muzokaralarda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni Tojikiston bozoriga chiqarish, texnologiyalar transferi va qo‘shma ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Forum yakunida tomonlar farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter