Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda BMT boshiarmasining «CHAMPS» tashabbusiga start berildi

O‘zbekistonda BMT boshiarmasining «CHAMPS» tashabbusiga start berildi

Toshkent shahrida BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining «CHAMPS» tashabbusini O‘zbekistonda rasmiy ishga tushirilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.  

Tadbirni Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi direktori Ravshan Mamatov, BMT NJBning mintaqaviy vakili Oliver Stolpe, Toshkent shahar hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Durdona Rahimova va Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi direktori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Azamat Pardayev kirish so‘zlari bilan ochib berdilar.

«CHAMPS» tashabbusining asosiy maqsadlari – davlat va nodavlat tashkilotlarni bolalar orasida zararli xulq-atvor shakllanishining oldini olishda, erta profilaktika choralari samaradorligini oshirishda, hayotiy va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishda yagona va integratsiyalashgan profilaktika tizimi doirasida birlashtirishdir. Ushbu tashabbusda xavf guruhi ro‘yxatida turuvchi bolalarga alohida e’tibor qaratiladi.

O‘zbekistonda «CHAMPS» tashabbusining birinchi pilot hududi sifatida Sergeli tumani belgilandi. Ushbu tumanda BMT NJB mahalliy hamkorlar bilan birgalikda bolalarni qo‘llab-quvvatlovchi mavjud profilaktika infratuzilmalarini baholash, tashabbusning samaradorligini oshirish va bolalarning sog‘lom rivojlanishida asosiy parametrlarni ishlab chiqish choralarini o‘rganmoqda.

Tadbir yakunida tomonlar O‘zbekistonda «CHAMPS» tashabbusini amaliyotga joriy etishga oid rasmiy hujjatlarni imzoladilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring