Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat xizmatchilari orasida qanday kasalliklar ko‘proq aniqlanayotgani aytildi

Davlat xizmatchilari orasida qanday kasalliklar ko‘proq aniqlanayotgani aytildi

Foto: Xabar.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va barcha hokimliklarda faoliyat yuritayotgan jami 5744 nafar davlat fuqarolik xizmatchisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Ko‘rik Cog‘liqni saqlash vazirligi hamda hokimliklar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan. Xizmatchilar 10 dan ortiq turdagi birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.

Xulosalarga ko‘ra, hokimlik xodimlari o‘rtasida ovqat hazm qilish organlari (surunkali gastrit), yurak-qon tomir (arterial gipertoniya), asab tizimi (osteoxondroz), ko‘z va endokrin (qandli diabet va semizlik) kabi kasalliklar aniqlandi.

Endilikda kasallik aniqlangan xodimlarga davolanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga ko‘rsatmalar yuborildi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring