Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda ilk bor «Talabalar uyushmasi» tashkil etildi

O‘zbekistonda ilk bor «Talabalar uyushmasi» tashkil etildi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida ilk bor talabalarning o‘zini-o‘zi boshqarish jamiyati hisoblanmish «Talabalar uyushmasi» tashkil etildi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi. 

Mazkur uyushma talablarni ijtimoiy himoya qilish, ularning iqtidorlarini namoyish etishlari uchun imkon yaratish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan. Rivojlangan davlatlarning nomdor OTMlarida bunday uyushmalar o‘z zimmasiga kampusdagi ijtimoiy muhitni nazorat qilish, talabalar ishtirokida turli loyihalarni amalga oshirish singari vazifalarni bajaradi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida faoliyat yuritgan ko‘ngillilar endilikda uyushmaga birlashdi. Universitet rahbariyati talabalarning ushbu tashabbusini ijobiy baholadi va ushbu uyushma faoliyatiga yo‘l ochdi. Biz ham talabalar uyushmasi tomonidan bir qator amaliy loyihalar va yaxshi natijalar kutib qolamiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring