Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahodir Yusupaliyev O‘zbekistonda lokdaun e’lon qilinish ehtimoliga izoh berdi

Bahodir Yusupaliyev O‘zbekistonda lokdaun e’lon qilinish ehtimoliga izoh berdi

Markaziy saylov komissiyasida bugun bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev O‘zbekistonda lokdaun e’lon qilinish ehtimoli haqida fikr bildirdi. 

— Bugungi kunda hech qanaqa lokdaun haqida gap bo‘lishi mumkin emas va barcha harakatlar shunga qaratilgan. Shu kunlarda Rossiya Federatsiyasida kasallanish holatlari ko‘tarilgani yurtimizda ham kasallanish darajasi oshishi ehtimolini paydo qiladi. Lekin bizning chegaralarda nazorat har qachongidan ham kuchaytirilgan bo‘lib, yurtimizga 72 soatlik PZR testi topshirilgan holdagina chetdan kirish mumkin. Bordiyu, fuqarolarda test bo‘lmaganda, chegarada ekspress-test topshiriladi.

Lokdaun holatining oldini olishning yana bir yo‘li jamoaviy immunitetni shakllantirishdir. Buning eng samarali usuli ommaviy emlashdir. Agar biz aholining kamida 60 foizini emlay olsak, jamoaviy immunitetni shakllantirgan bo‘lamiz. Shunda bizga hech qanday lokdaun xavf sola olmaydi. Hozirga kelib, emlanishi lozim bo‘lgan 21 million nafardan oshiq aholining 13 million nafari birinchi doza vaksinalarini olib ulgurdi, — dedi Bahodir Yusupaliyev.

Eslatib o‘tamiz, ayni kungacha mamlakatimizda jami 24 909 801 doza vaksinadan foydalanildi. yurtimizda emlash jarayonlarida foydalanilayotgan jami vaksina 34 951 358 dozani tashkil qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring