Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda o‘tgan yili qancha oila ajrashgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda o‘tgan yili qancha oila ajrashgani ma’lum qilindi

Foto: Xabar.uz

2023-yil davomida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 63 625 ta nikohdan ajratish bilan bog‘liq ish ko‘rib chiqilgan.

Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lumot berdi. 

Nikohdan ajratishga oid ko‘rilgan ishlar tahliliga ko‘ra, ishlarning 34 635 tasi bo‘yicha da’vo talablari qanoatlantirilgan (nikohlar bekor qilingan), 20 972 tasi bo‘yicha da’vo talablarini qanoatlantirish rad etilgan, 5 434 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan hamda 2 584 ta da’vo bo‘yicha ishni yuritish tugatilgan.

2024-yilning 1-choragi mobaynida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 15 585 ta nikohdan ajratish bilan bog‘liq ish ko‘rib chiqildi. Ularning 8 239 tasi bo‘yicha talablar qanoatlantirildi (nikohlar bekor qilindi), 5 363 tasi bo‘yicha da’vo talablarini qanoatlantirishdan rad qilindi, 1 372 tasi bo‘yicha da’volar ko‘rmasdan qoldirildi hamda 611 tasi bo‘yicha ishni yuritish tugatildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring