Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda pensiyada mazza qilib yashash uchun qancha pul kerak?

O‘zbekistonda pensiyada mazza qilib yashash uchun qancha pul kerak?

Foto: «Xabar.uz»

«Netcredit» turli mamlakatlarda bir pensioner 14+ yil tashvishsiz umrguzaronlik qilishi uchun qancha mablag‘ kerakligini hisoblab chiqdi. Bir pensionerning o‘rtacha «umri» shuncha. Har bir mamlakat uchun o‘sha yerdagi tovar va xizmatlar narx-navosidan kelib chiqib mablag‘lar hisoblangan.

Surat alohida sahifada ochilsa kattalashadi!

Hisob-kitoblar keksalikda eng ko‘p pul Bermud orolarida yashovchilarga kerak bo‘lishini ko‘rsatdi — $1 605 697, eng kam Pokistonda — $182 018.

Cobiq Ittifoqning ayrim mamlakatlari:

  • Qozog‘iston — $227 596 yoki 95,7 mln. tenge
  • Rossiya — $235 244 yoki 17,56 mln. rubl
  • O‘zbekiston — $237 118 yoki 2,5 mlrd. so‘m.
  • Ukraina — $237 674 yoki 6,6 mln. grivna
  • Belarus — $243 150 yoki 640 ming rubl

O‘zbekistonda farovon keksalik bahosi — 2,5 mlrd. so‘m — 14 yilga bo‘linsa yiliga 178,5 million so‘mdan tushadi. Oxirgi summa 12 oyga taqsimlansa salkam 15 millionga aylanadi. Hozircha bunaqa pensiya tugul maosh ham ko‘pchiligimizning tasavvurimizdan ancha yiroq. Yo qarshilar bormi...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring