O‘zbekistonda qachon havo isib ketishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi
10-11-fevral kunlari respublika bo‘ylab issiq havo massasi hukmron bo‘ladi.
O‘zgidromet prognozlariga ko‘ra, 11-fevral kuni hatto shimolda ham havo harorati +18 daraja iliq bo‘ladi.
10-11-fevral kunlari issiq havo ta’sirida tog‘larda +10 darajagacha, Farg‘ona vodiy viloyatlarida +15 daraja, boshqa viloyatlarda +20 darajagacha iliq harorat kutiladi.
Tog‘li hududlarda 5-10 daraja iliq harorat kuzatiladi.
Bu kunlari yog‘ingarchiliksiz, quyoshli "bahoriy" harorat kutiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter