Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda referendum va saylov o‘tkazish tartibi o‘zgaradi

O‘zbekistonda referendum va saylov o‘tkazish tartibi o‘zgaradi

Foto: Xabar.uz

Senatning qirq yettinchi yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va refendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni senatorlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi.

Muhokama davomida siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirishga qaratilgan vakillik organlariga saylovning aralash, ya’ni majoritar va proporsional tizimini joriy qilish masalasiga e’tibor qaratilgan.

Ko‘rib chiqilgan Konstitutsiyaviy Qonunga ko‘ra Qonunchilik palatasi saylovi aralash (majoritar, proporsional) saylov tizimi asosida o‘tkaziladi. Unda Qonunchilik palatasining 75 nafar deputati majoritar saylov tizimi asosida bir mandatli saylov okruglaridan, qolgan 75 nafari proporsional saylov tizimi (partiyalar ro‘yxati) asosida siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar bo‘yicha yagona saylov okrugidan saylanishi nazarda tutilgan.

Yana bir muhim masala – siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlar ko‘rsatilayotganda ayollar sonining eng kam miqdorini nomzodlar umumiy sonining o‘ttiz foizidan qirq foiziga oshirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Shu bilan bir qatorda saylov komissiyalarining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgarishlar ma’qullandi. Xususan, Markaziy saylov komissiyasi to‘qqiz nafar a’zodan iborat tarkibda saylanishi, Markaziy saylov komissiyasining Raisi besh yillik muddatga saylanishi, ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Markaziy saylov komissiyasining Raisi etib saylanishi mumkin emasligi qat’iy belgilanmoqda.

Qizg‘in muhokamalardan so‘ng Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring