Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda sotsiologiya instituti tashkil etiladi

O‘zbekistonda sotsiologiya instituti tashkil etiladi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekistonda jamoatchilik fikrini muntazam va ilmiy asoslangan holda tizimli o‘rganish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev videoselektor davomida ma’lum qilib o‘tdi.

Davlat rahbari tomonidan ta’kidlanishicha, ushbu tizimni yo‘lga qo‘yish uchun «Ijtimoiy fikr» markazi faoliyati takomillashtirilib, alohida Sotsiologiya instituti tashkil etiladi.

«Bu juda muhim ahamiyatga ega, chunki, islohotlarimizning natijalari, amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar va aholining kayfiyati avvalo joylarda, birinchi navbatda mahallada yaqqol seziladi. Shu ma’noda, bunday so‘rovnomalarni jamiyat hayotining ijtimoiy barometri deb atash mumkin», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring