Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xizmat ko‘rsatgan jurnalist Dilbar Mahmudova vafot etdi

Xizmat ko‘rsatgan jurnalist Dilbar Mahmudova vafot etdi

2022-yil 17 yanvar kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist,  «Mehnat shuhrati» ordeni sohibi Dilbar Mahmudova 85 yoshda vafot etdi.

Dilbar Mahmudova 1936 yil 8 aprelda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1959 yili O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ni tamomlagan. Respublika matbuotida uning 300dan ortiq publitsistik maqolasi e’lon qilingan.

Dilbar Mahmudovaning ilk kitobi  «Yarim asr yonma-yon» nomi bilan chop etilgan. Shundan so‘ng uning  «Har maktubda umr lahzasi»,  «Halima»,  «Hayotdan keyingi hayot», «Mo‘yqalamda yozilgan roman», «Sinmagan Surxon qizi», «Mehr quyoshi», «Osmonmisiz, quyoshmisiz yo oymisiz, buvijon!» kitoblari nashr qilingan.

Turmush o‘rtog‘i Tilab Mahmud bilan hammualliflikda «Umr shomidagi baxt», «Tortadirman jabrini», «Omonat dunyo» nomli pesalar yozgan. Mazkur asarlar O‘zbek Milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring