O‘zbekistonda yangi jurnal chop etildi
«O‘zsuvta’minot» aksiyadorlik jamiyati tomonidan tizimda bo‘layotgan o‘zgarishlar, xalqaro hamkorlik, soha mutaxassislarining tajribalari va boshqa qiziqarli ma’lumotlarni yoritib borish maqsadida «AQUA» ilmiy-ommabop jurnal nashrdan chiqarildi.
Qayd etilishicha, ushbu jurnal 3 tilda – o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etildi. Nishona soni «Xalqaro hamkorlik», «Kadrlar siyosati», «Suv inshootlari», «Intervyu» va «Jarayon» kabi bir qator ruknlar ostida materiallar bilan boyitilgan.
Jurnal sahifalarida shuningdek, sohaning bugungi kuni, yechimini kutayotgan masalalar hamda ertangi kun istiqbollari haqida turkum materiallar berilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter