O‘zbekistonda Yangi yil kuni chaqaloqlar tug‘ilishi kamaymoqda
SSV xabariga ko‘ra, Yangi yilning birinchi sutkasida 1859 nafar chaqaloq dunyoga keldi.
2018-yil xuddi shu kuni 1961 nafar, 2019-yilda 1708 nafar, 2020-yilda 1974 nafar, 2021- yilda 1644 nafar, 2022-yilda 2316 nafar, 2023-yilda esa 2155 nafar chaqaloq tug‘ilgan edi.
2024-yil 1-yanvar kuni dunyoga kelgan go‘daklarning:
- 847 nafari qiz,
- 1012 nafari o‘g‘il.
Eng ko‘p chaqaloq Qashqadaryo viloyati (207 nafar) tug‘ildi.
Shuningdek, keyingi o‘rinlarda:
- Andijon viloyati — 201 (shu jumladan, bir holatda ikki homilali egizaklar),
- Samarqand viloyati — 196 (shu jumladan, yetti holatda ikki homilali egizaklar),
- Farg‘ona viloyati — 195 (shu jumladan, to‘rt holatda ikki homilali egizaklar),
- Surxondaryo viloyati — 185 (shu jumladan, bir holatda ikki homilali egizaklar hamda bir holatda uch homilali egizaklar),
- Namangan viloyatida – 178,
- Toshkent viloyati — 172,
- Toshkent shahri — 144 (shu jumladan, bir holatda ikki homilali egizaklar),
- Buxoro viloyati — 86 (shu jumladan, to‘rt holatda ikki homilali egizaklar),
- Jizzax viloyati — 78,
- Xorazm viloyati — 72,
- Qoraqalpog‘iston R. — 67 (shu jumladan, bir holatda ikki homilali egizaklar),
- Sirdaryo viloyati — 42 (shu jumladan, bir holatda ikki homilali egizaklar),
- Navoiy viloyati — 36 nafar (shu jumladan, bir holatda ikki homilali egizaklar).
Jami 22 ta egizakli tug‘ruqlardan 21 holatda ikki homilali egizaklar hamda Surxondaryo viloyatida bir holatda uch homilali egizaklar – (jami 45 nafar chaqaloq) dunyoga keldi.
Avvalroq, 1 yanvar soat 17.00gacha mingdan ziyod chaqaloq tug‘ilgani xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter