Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekspert: O‘zbekistondagi benzin narxi boshqa davlatlarnikidan ancha arzon

Ekspert: O‘zbekistondagi benzin narxi boshqa davlatlarnikidan ancha arzon

Foto: «Kun.uz»

Ekspert Akmal Abduraimov O‘zbekiston ichki bozoridagi narxlar jahon narxlaridan bir necha marta arzon ekanini ma’lum qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

— Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra, masalan, Avstriyadagi narxlar darajasi Vengriyadagi narxlardan 1,9 barobar, Vengriya bilan Rossiya 1,3 barobar, Rossiya bilan O‘zbekiston narxlari esa 1,2 barobar farq qiladi. Yoki O‘zbekiston va Avstriyadagi narxlarni solishtirsak, 2,7 marotaba farq qiladi, — deydi ekspert. — Shu bilan birga, O‘zbekistonda uzoq yillar davomida amalga oshirilgan narxlar siyosati narxlar darajasini va nisbatlarini bugungi kun uchun nomutanosib holga keltirib qo‘ygan.

Ekspertning fikricha, hozir benzin bahosi narxlar oshganidan so‘ng — 0,52 AQSh dollari ekvivalentini tashkil etyapti. Hozirgi narxlar mahalliy neftni qayta ishlash zavodlari faoliyatining eng kam darajadagi iqtisodiy foydaliligini ta’minlash uchungina yetarli. Benzin narxlari ko‘p yillar mobaynida juda past darajada saqlanib kelgan, ya’ni qo‘shni davlatlar bozorlarida shakllantirilgan narxiga to‘g‘ri kelmasligi, uning chetga olib ketilishiga sabab bo‘lgan. Neftni qayta ishlash korxonalarining zararlari esa davlat budjeti hisobidan qoplab kelingan.

Hozirgi kunda faqatgina Turkmanistonda benzin narxi O‘zbekistondagidan pastroq bo‘lib, bir litri 0,28 AQSh dollariga teng. Qozog‘istonda 0,54 dollar, Qirg‘izistonda 0,62 dollar, Rossiyada 0,69 dollar, Tojikistonda 0,75 dollar.

Rivojlangan mamlakatlarda benzin narxi bizdagidan ko‘ra kamida 3 barobar baland. Masalan, Germaniyada 1,61, Buyuk Britaniyada 1,62, Italiyada 1,83 AQSh dollariga teng, deydi ekspert.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring