Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistondagi ikki kanal xalqaro irrigatsiya merosi deb e’tirof etildi

O‘zbekistondagi ikki kanal xalqaro irrigatsiya merosi deb e’tirof etildi

O‘zbekistondagi ikki kanal xalqaro irrigatsiya merosi deb e’tirof etildi. Bu haqda Suv xo‘jaligi vazirligi Axborot xizmati ma’lum qildi.

2025-yil uchun «WHIS Award» (Butunjahon irrigatsiya merosi) mukofotiga O‘zbekistondagi «Do‘stlik» va «Eski Tuyatortar» kanallari loyiq deb topildi.

Ushbu mukofot 100 yildan ziyod vaqtdan beri foydalanilayotgan va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan irrigatsiya inshootlariga Xalqaro irrigatsiya va drenaj komissiyasi tomonidan beriladi.

«Do‘stlik» kanali — Sirdaryo havzasidagi yirik transchegaraviy inshoot bo‘lib, Qozog‘iston va O‘zbekiston hududidan o‘tadi.

«Eski Tuyatortar» kanali — Zarafshon daryosidagi ko‘p asrlik gidrotexnik obida hisoblanadi.

Bu ikki kanal Markaziy Osiyodan mazkur xalqaro reyestrga kiritilgan birinchi inshootlar bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring