Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistondan Afg‘onistonga temiryo‘l qatnovi to‘xtatildi

O‘zbekistondan Afg‘onistonga temiryo‘l qatnovi to‘xtatildi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekistondan Afg‘onistonga temiryo‘l qatnovi 1-fevraldan boshlab vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» xabar berdi.

Qayd etilishicha, Termiz shahrida o‘tkazilgan muzokaralar davomida 2023-yilning 1-fevraliga qadar Afg‘oniston hududidagi texnik ishlarni bosqichma-bosqich Afg‘on temir yo‘llari ishchilari tomonidan amalga oshirilishi bo‘yicha harakatlar rejasi kelishilgan.

Biroq Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi kelishilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshira  olmayotgani sababli 1-fevraldan boshlab Afg‘onistonga temir yo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatiladi.

G‘alaba—Hayraton temiryo‘li ochilishi haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring